JCH-2002 chempioni o'zini Messi, Ronaldu va Neymardan zo'r deb hisoblamoqda. Bu Ronaldo ham, Ronaldinyo ham emas

16 may 2020, 08:50
Braziliya terma jamoasi sobiq a'zosi Edilson o'zini Messi, Ronaldu va Neymardan yaxshi deb hisoblamoqda.

“Faoliyatim cho'qqisida Neymardan yaxshi o'ynaganman. Avvalosi u mendan yaxshi bo'lishi uchun mundialda g'olib chiqsin. Menda xarakter bor, Messi ham mendan yaxshi bo'lishi uchun JCHda g'alaba qozonishi kerak. Krishtianu Ronaldu - shunchaki kuch, xolos. U ikkala oyog'ida ham kuchli zarba bera oladi. Ammo menda undan ko'ra ko'proq iqtidor bor”, - deydi Edilson.

Ma'lumot uchun, Edilson JCH-2002 da Braziliya terma jamoasi safida to'liq bo'lmagan 4 ta o'yinda maydonga tushgan. Maydonda jami 170 daqiqa harakat qilgan. Gol ham urmagan, golli uzatma ham bermagan. Klubdagi faoliyatida esa Braziliya chempionatidan tashqari “Benfika” safida, shuningdek, Yaponiya va BAA klublarida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express