

O'zbekiston terma jamoasi bugun o'z maydonida Suriya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 20:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. Guruhimizdan o'rin olgan Janubiy Koreya - Xitoy uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Yuqoridagi ikkala o'yinni ham SPORT telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.



