Jaloliddin Masharipov “O'tkazib yuborilgan golda barchaning aybi bor”

Narzulla Saydullayev
18 sen 2016, 17:30
Kecha chempionatimizning 22-turida “Paxtakor” klubi o'z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qilib (2:1) hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Paxtakor” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov o'z fikrlarini bildirdi.

“O'z uyimizda, muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonishimiz shart edi. Bir qancha o'yinlarda mag'lubiyatga uchradik. Kerakli bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Keyingi uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi bilan bellashamiz. Ulardan ham 3 ochko olishga harakat qilamiz. Kuchli uchlikka kirishimiz uchun imkoniyatimiz bor deb o'ylayman. “Bunyodkor” ham g'alaba qozonish uchun harakat qildi. Bizda g'alabaga bo'lgan xohish ko'proq bo'lgani uchun g'alaba qozondik deb o'ylayman. O'tkazib yuborilgan golda barchani aybi bor”, - deydi “Paxtakor” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia