

2018 yil Rossiyada o'tgan jahon chempionatida bosh sovrinni boshi uzra ko'targan Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Loris Fransiya terma jamoasi bilan JCH va Millatlar ligasi g'olibiga aylandi, EVRO-2016 finalida ishtirok etdi. Posbon milliy terma jamoa libosida 145ta bahsda maydonga tushdi.


