

Frankfurtning "Ayntraxt" yarim himoyachisi Mario Gyotce Saudiyaning "Al Nassr"ida Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashni istashini aytdi.
"Agar tanlovim bo'lsa, men "Al Nassr"ga o'tgan bo'lardim, chunki u yerda Krishtianu Ronaldu o'ynaydi", - deb fikr bildirgan 2014 yilgi Jahon chempioni.
Joriy mavsumda Mario Gyotce klub uchun barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi.




