

Bu haqda Qirg'iziston futbol federatsiyasining matbuot-xizmati e'lon qildi.
Tashkilotchilar rejasiga ko'ra, kubok shaharda bir necha soatgina bo'ladi.
Yomon ob-havo sharoiti tufayli sovrinning mamlakatda qolishi minimumgacha kamaytirildi. Kubok Xayatt mehmonxonasiga emas, Manas aeroportiga keltirildi.

Taklif etilganlar ro'yxatida futbol veteranlari, yosh futbolchilar, respublika birinchiliklari g'oliblari, muxlislar uchun tanlov g'oliblari va futbol jamoatchiligi vakillari bor edi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati kubogi 6 fevral kuni Toshkentga keladi.



