Italiyada klub prezidenti murabbiyni haydab yubordi va o'zi jamoa ustoziga aylandi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017, 11:33
Italiyaning D Seriyasida ishtirok etuvchi "Fulgor Molfetta" klubi prezidenti Mauro Lanca seriyali mag'lubiyatlardan so'ng bosh murabbiyni ishdan haydadi va o'zi jamoa ustoziga aylandi.

Murabbiylar shtabidagi bu o'zgarish foyda keltirdi, jamoa prezident qo'l ostida mehmonda "Picherno" bilan durang (1:1) o'ynadi.

Endi Lance u klub prezidenti, jamoa bosh murabbiyi va yoqilg'i quyish shahobchasining ishlari bilan shug'ullanishi kerak. U yoqilg'i quyish shahobchasining egasi hisoblanadi.

Sakkiz turdan so'ng "Fulgor Molfetta" D Seriyada 14-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia