Italiya grandlari Bundesliga ikkinchi to'purariga qiziqishmoqda

Sherzod Nurmatov
14 noya 2023, 14:06
Uning o'yinlarini jonli ko'rishga ham ulgurishdi.

"Inter" va "Milan" "Shtutgart" hujumchisi Seru Girassining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi taniqli insayder Nikolo Skira. 

Milanning ikki klubi skautlari allaqachon gvineyalik hujumchi ishtirokidagi o'yinlarga shaxsan tashrif buyurishdi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Seru Girassining faoliyati birdan cho'qqiga chiqdi. Bundesliganing joriy mavsumida u 10 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi. Bungacha Girassi chempionat bir mavsumida maksimal 11 ta gol urgan. Va bu o'tgan mavsumda sodir bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira