Italiya chempionati. “Napoli” so'nggi soniyalarda g'alabani “ilib” ketdi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2017, 03:03
Italiya chemipionatining 19-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

O'z maydonida “Sampdoriya” bilan kuch sinashgan “Napoli” irodali g'alabani tantana qildi. Garchi uchrashuvda mehmonlar hisobda oldinga borishlariga qaramay, 77-daqiqada dastlab zaxiradan maydonga tushgan Gabbyadini muvozanatni tikladi. Uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning so'ngisida Tonelli g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi -2:1.


Italiya chempionati, 19-tur.

Empoli – Palermo 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0, Makkarone, 77- penaltidan.

Empoli – Skorupski, Lorini, Bellushi, Chosich, Paskual, Krunich, El-Xaji, Kroche, Saponara (Puchcharelli, 65), Marilungo (Makkarone, 76), Mchedlidze.

Palermo –  Posavec, Chonek (Diamanti, 81), Gonsales, Goldaniga, Rispoli, Yayalo (Balog, 83), Gacci, Morganella (Aleesami, 75), Bruno Enrike, Kvayson, Nestorovski.

Ogohlantirish: Lorini (57), Morganella (74), Chonek (76), Bruno Enrike (90).


Napoli – Sampdoriya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 30, avtogol Xyusay, 1:1 – 77 Gabbyadini, 2:1 – 90 Tonelli.

Napoli – Reyna, Tonelli, Strinich, Xyusay, Kirikesh, Mertens, Allan (Zelinski, 59), Kalexon, Gamshik, Insine, Jorjino (Gabbyadini, 72).

Sampdoriya –  Pujoni, Silvestre, Rejini, Pedru Pereyra, Shkrinyar, Prat (Linetti, 76), Barreto, Alvares, Torreyra, Shik (Dodo, 64), Kualyarella (Muriel, 51).

Ogohlantirish: Silvestre (54), Xyusay (69).

Chetlatish: Silvestre (61).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia