Italiya chempionati. Milan klublari mavsumni yirik g'alaba bilan boshlashdi va boshqa natijalar

Aslanov Jasurbek
21 avg 2017, 02:09
Italiya chempionatining 1-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar o'z nihoyasiga etdi.

Yangi mavsumga o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan Milanning ikki klubi “Milan” va “Inter” ilk turdanoq muxlislarni xursand etishdi. “Inter” o'z maydonida “Fiorentina”ni taslim etgan bo'lsa, “Milan” safarda “Korotone”ni mag'lub etdi. Ushbu bahsda bosh hakam 3-daqiqadayoq mezbonlar vakilini chetlatdi va milanliklarga penalti tepish imkoniyatini taqdim etdi.

Rimning “Lacio”si esa SPAL jamoasi bilan o'z uyida golsiz durangga imzo chekishga majbur bo'ldi.

Italiya chempionati

1-y tur

Udineze – Kevo 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 15 Ingleze, 1:1 – 37 Tereo, 1:2 – 54 Birsa.

Ogohlantirish: Andjella (64), Perica (70), Rigoni (82), Kachchatore (90).


Sassuolo – Jenoa 0:0 (0:0, 0:0)

Ogohlantirish: Velozu (26), Rossettini (45), Manyanelli (55), Politano (61), Xentiletti (63).


Sampdoriya – Benevento 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 15 Chichiretti, 1:1 – 38 Kualyarella, 2:1 – 54 Kualyarella.

Ogohlantirish: Barreto (44), Del Pinto (49), Kataldi (90).


Lacio – SPAL 0:0 (0:0, 0:0)

Lacio – Strakosha, de Vrey, Radu, Basta (Marushich, 67), Uolles, Parolo, Lulich (Kaysedo, 85), Milinkovich-Savich, Luis Alberto, Palombi (Lukaku, 67), Immobile.

SPAL –Gomis, Vyaysyanen, Ikonomu (Kremonezi, 56), Vikari, Viviani, Kosta, Ladzari (Mattello, 88), Mora, Skyattarella, Paloski (Borrello, 62), Flokkari.

Ogohlantirish: Luis Alberto (28), Uolles (51), Borrello (75), Viviani (90).


Inter – Fiorentina 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 6, penalti Ikardi, 2:0 – 15 Ikardi, 3:0 – 79 Perishich.

Inter – Xandanovich, Miranda, Nagatomo, D`Ambrozio, Shkrinyar, Vesino, Valero (Joau Mariu, 64), Brozovich (Galyardini, 71), Kandreva, Perishich, Ikardi (Eder, 84).

Fiorentina –Sportello, Vitor Ugo, Olivera, Tomovich, Astori, Veretu (Zexnini, 80), Sanches, Esserik, Benassi (Kristoforo, 55), Jil Diash, Simeone (El-Babakar, 60).

Ogohlantirish: Sanches (13).


Krotone – Milan 0:3 (0:3, 0:0)

Gollar: 0:1 – 6, penalti Kessie, 0:2 – 18 Kutrone, 0:3 – 23 Suso.

Krotone – Kordac, Chekkerini, Martella, Faraoni, Kabrera, Roden (Nalini, 56), Barberis, Mandragora, Stoyan (Isko, 71), Budimir, Trotta (Dyusen, 8).

Milan –Donnarumma, Bonuchchi, Rodriges, Konti (Abate, 68), Musakko, Chalxanoglu, Lokatelli (Mauri, 78), Suso, Kessie, Borini, Kutrone (Andre Silva, 62).

Ogohlantirish: Kutrone (9), Lokatelli (59), Bonuchchi (69), Dyusen (90).

Chetlatish: Chekkerini (3).


Bolonya – Torino 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 27 Di Franchesko, 1:1 – 33 Lyayich.

Ogohlantirish: De Meo (48), Pulgar (60), Rinkon (90).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia