Ispaniya termasi qarorgohini uch futbolchi tark etdi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2018, 12:45
Uch futbolchi Ispaniya termasi lagerini tark etdi.

Gap "Atletik" futbolchilari Unai Nunes, Inyaki Uilyams, shuningdek, "Real Sosedad" a'zosi Mikel Oyarsabal haqida ketmoqda. Ushbu futbolchilar termaga o'tgan haftada asosiy tarkib bilan mashg'ulot o'tkazib, tajriba orttirish uchun chaqirilgandi.

Ertaga Ispaniya termasi Shveytsariya termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru