Ispaniya Kubogi. O'ta irodali "Real" derbida "Atletiko"ni ishonchli hisobda mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2023, 03:37
Ispaniya Kubogining 1/4 finalida "Real" o'z maydonida "Atletiko"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

Real Madrid – Atletiko 3:1

"Santyago Bernabeu"

Gollar: 0:1 – 19 Morata, 1:1 – 79 Rodrigo, 2:1 – 104 Benzema, 3:1 – 120+1 Vinisius Junior.

Real Madrid – Kurtua, Nacho (Odriosola, 115), Ryudiger, Militao, Mendi (Sebalos, 44), Modrich, Kroos (Asensio, 74), Kamavinga, Valverde (Rodrigo, 69; Martin, 115), Benzema, Vinisius Junior.

Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu, Koke (Saul, 83), De Pol (Kondogbia, 83), Lemar (Karrasko, 74), Grizmann (Barrios, 90), Morata (Vitcel, 63), Korrea (Depay, 74).

Ogohlantirish: De Pol (44), Reynildu (54), Ermoso (62), Sebalos (69), Vinisius Junior (97), Savich (97), Koke (105).

Chetlatish: Savich (99).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia