

"Umid qilamanki, "Liverpul" bilan har bir o'yinda o'ynamaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman. Afsuski, biz gol ura olmadik, "Liverpul" esa biroz e'tiborsizlik qilganimizdan keyin imkoniyatdan foydalanib ketdi.
Albatta biz ko'prog'iga loyiq edik, ammo ushbu o'yin bizga yorqin kelajakni vada qilmoqda. Fikrimcha, "Liverpul" Yevropaning eng yaxshi ikki jamoasidan biri. "Inter" yaxshi turib bera oldi va ko'prog'iga loyiq edi.
O'ylaymanki, bu biz mavsum davomida uchrashgan eng kuchli raqib edi", - dedi murabbiy.


