"Inter"ning asosiy futbolchisi "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 may 2018, 21:14
Ijara asosida "Inter" tarkibida harakat qilayotgan Joau Kanselu "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Uning transfer huquqi "Valensiya"ga tegishli va jamoa uning ketishidan 35 mln evro ishlab olmoqchi. "Valensiya" esa uni 15 mln evro evaziga "Benfika"dan xarid qilgandi.

Yakunlangan mavsumda Kanselu "Inter"ning asosiy futbolchisiga aylandi. U Italiya A Seriyasining 26 uchrashuvida qatnashdi va 1 gol urib, 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru