International Champions Cup. “Inter” so'nggi o'yinda “Atletiko”ni mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2018, 07:46
Har yili yangi mavsum boshlanishi arafasida o'tkazib kelinayotgan International Champions Cup turniri yakunlandi.

Musobaqaning so'nggi uchrashuvida “Atletiko” klubi Madridda Milanning “Inter” jamoasiga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Yagona gol 31-daqiqada Martines hisobiga yozildi. Ushbu g'alaba evaziga Luchano Spaletti shogirdlari turnirni 3-o'rinda yakunlashdi.

International Champions Cup

Atletiko Ispaniya – Inter Italiya 0:1 (0:1, 0:0)

“Vanda Metropolitano” stadioni

Gol: 0:1 – 31 Martines.

Atletiko – Oblak, Xuanfran (Aryas, 61), Filipe Luis (Lyuka Ernandes, 61), Godin (Montero, 61), Ximenes (Savich, 46), Lemar (Jelson Martinsh, 61), Saul (Olabe, 61), Parti (Rodri Ernandes, 46), Koke (Vitolo, 61), Korrea (Grizmann, 61), Diego Kosta (Kalinich, 61).

Inter – Xandanovich, Miranda (Galyardini, 60), D`Ambrozio (Ranokkiya, 81), Dalbert, Asamoa (de Vrey, 60), Vesino (Kandreva, 81), Brozovich (Valero, 60), Politano (Karamo, 71), Shkrinyar, Martines (Joau Mariu, 71), Ikardi.

Ogohlantirishlar: Diego Kosta (24), Martines (62).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif