"Inter" yarim finalga chiqdi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2026, 03:05
Italiya Kubogining 1/4 final bosqichi doirasidagi "Inter" hamda "Torino" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

"San-Siro"da kechgan qiziqarli to'qnashuvda mezbonlar kichik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Milandagi bahs tafsilotlari:

35-daqiqada milanliklar hujumchisi Anj-Yoan Bonni hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada Andi Diuf "neradzurri"ning ustunligini mustahkamladi.

Mehmonlar safida Sandro Kulenovich 57-daqiqada gol urib, o'yinga intrigani qaytardi, biroq turinliklar bundan ortig'iga kuch topa olishmadi - 2:1.

Shu tariqa, "Inter" yarim final yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga musobaqaning ushbu bosqichida bizni yana bir super to'qnashuv - "Atalanta" va "Yuventus" bahsi kutib turibdi.

Eslatib o'tamiz, Italiya Kubogining amaldagi sohibi "Bolonya" hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Milan"ni (1:0) mag'lub etishgan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia