"Inter" MYUning taklifini ko'rib chiqishga tayyor

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 10:25
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, "Inter" 23 yoshli futbolchi bilan muzokaralarda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shuningdek moliyaviy feyr-pley sababli ham "Inter" kimnidir sotishiga to'g'ri kelishi mumkin. Shu boisdan slovakiyalik borasida tushadigan takliflar o'ylab ko'rilishi mumkin. Hozirda unga "Manchester Yunayted" jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq "Inter" Shkrinyarga yiliga 2,5 million evro maosh taklif qilgandi. Ammo futbolchi yiliga 4 million evro maosh so'ramoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica