"Inter" Lautaroning o'rniga Devidni xarida qilmoqchi

Alisher
9 may 2020, 13:30
"Inter" hujumchi Lautaro Martinesni o'z tarkibida saqlab qola olmasligini tushunmoqda.

Argentina terma jamoasi futbolchisi tez orada Kataloniyaning "Barselona" klubiga o'tishi kutilmoqda.

"Inter" esa "Gent" forvardi Jonatan Devidni nishonga olgan. Transfermarkt futbolchini 22,5 million evroga baholagan.

Qiziqarli jihati, Devidda uchta fuqarolik mavjud - AQSH, Kanada va Gaiti. Ammo, futbolchi Kanada terma jamoasida o'ynashni afzal ko'rgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com