

"Inter" "Bavariya" posboni Yan Zommerning transferi borasida kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Bitim summasi 6 million evroni tashkil qiladi. Tez orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng "neradzurri" bilan shartnoma imzolaydi.
34 yoshli shveytsariyalik "Inter"da 52,5 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tgan Andre Onan o'rnini egallaydi.



