

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi xorvatiyalikni 40 mln. evroga sotib oladi. Nerazzurilar futbolchiga 3 yillik bitim taklif qilmoqchi.
Ma'lum bo'lishicha, "Inter" bosh direktori Beppe Marotta va sport direktori Pero Osilio yashirincha "Barselona" vakillari bilan uchrashib, Rakitich uchun 35 mln. evro to'lagan. "Barselona" xorvat transferidan 45 mln. evro ishlab olmoqchi, biroq tomonlar narx bo'yicha kelisha olishadi.
30 yoshli futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.



