Ilhom Yunusov: “Hisob yirik bo'lishi ham mumkin edi”

Aziz Tukhtamuradov
31 okt 2016, 15:44
Oliy liga yigirma ettinchi turi doirasida “Navbahor” - “Qizilqum” jamoalari (0:2) o'zaro kuch sinashdi. Uchrashuvdan so'ng, mehmonlar yarim himoyachisi Ilhom Yunusov fikrlari bilan qiziqdik.
- O'yin kutilganidan-da shiddatli o'tdi, - deydi Ilhom Yunusov. - Birinchi golni kiritganimdan keyin tashabbus to'liq jamoamiz tomoniga o'tdi. Raqibimiz oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoa ekanligi bois, ularning ko'proq hujumga e'tibor qaratishini bilardik. Birinchi bo'limda ularda ham, bizda ham etarlicha golli vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan samarali foydalana olmadik. Tanaffusda murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalardan xulosa chiqardik va muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

Aslida hisob bundan-da yirik bo'lishi mumkin edi. Biroq vaziyatlardan to'la foydalana olmadik. Navbatdagi o'yinda o'z maydonimizda mavsum peshqadami “Lokomotiv” jamoasi bilan o'ynaymiz. Jiddiy raqibga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan bu g'alaba biz uchun juda zarur edi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia