Ilhom Yunusov: "Pro-Ligada ham Superligadan qolishmaydigan uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda"

Narzulla Saydullayev
21 avg 2018, 14:40
Pro-Liga 22-turidan o'rin olgan “Istiqlol”- “Dinamo” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlarning tajribali futbolchisi Ilhom Yunusov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun juda og'ir o'yin o'tkazdik, har ikki jamoada ham imkoniyatlar manimcha teng edi, ko'rdingizlar, birgina gol uchrashuv taqdirini hal qildi. “Istiqlol” yaxshi jamoa ekan, ular juda faol harakat qilishdi, keyingi uchrashuvlarda bu jamoaga omad tilayman. Pro-Ligada ham Superligadan qolishmaydigan uchrashuvlar bo'layapti, bu ligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan barcha futbol muxlislariga rahmat, xususan uzoq demasdan Samarqanddan tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.        


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia