Ibrohim Ibragimov: "Qatarda eng oliy natijani ko'rsatishga harakat qilamiz"

Administrator
10 apr 2024, 23:49
U-23 Osiyo kubogiga tayyorlanayotgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimov Xitoyga qarshi o'tkazilgan bahsdan so'ng fikr bildirdi.

"So'nggi nazorat o'yinimizni a'lo darajada yakunlab oldik. 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Ikkala taymda ikki xil tarkib bilan, bir bo'limdan harakat qildik. Endi Osiyo kubogi uchun Qatarga jo'nab ketamiz. Eng oliy natijani ko'rsatishga harakat qilamiz. Inshaalloh, chempionlik bilan qaytamiz. Muxlislar bizni yaxshilab qo'llab-quvvatlab, duoda bo'lib turishlarini so'rab qolamiz. Yuzingizni erga qaratmaymiz. Bayrog'imizni yuksaklarga ko'tarib O'zbekistonga qaytamiz, inshaalloh", -deydi Ibrohim Ibragimov.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi nazorat o'yinida Xitoyni mag'lubiyatga uchratdi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати