
Mirabror Usmonov, kelishilgan o'yinlar haqida
“Bundan 7-8 yil avvalgi holat esingizda bo'lsa kerak. Kelishilgan o'yinlar haqida tinmasdan arizalar kelardi federatsiyaga. Keyin biz hakamlarning maoshini 3 barobar oshirib qo'ydik. Hozir umuman o'yinlar kelishilgani haqida shikoyatlar kelmaydi. Unaqa o'yinlar qolmagan hozir”.
Aziz Haydarov, o'zbek futboli va Oliy Liganing bugungi kuni haqida.
"Bilasizmi, biz futbolimizga "halol futbol" tushunchasini olib kirishimiz kerak. Shunda futbolimiz 50 foizga kuchaygan bo'lardi. Bu gapdarim kimlargadir tegib ketayotgan bo'lsa uzr-u, lekin men doim ochiq gapirib kelganman”.
“Barselona” futbol klubi prezidenti Sandro Rossel, Messi haqida.
“Lionel Messi – tovuq katakdagi yagona xo'roz!”
Krishtianu Ronaldu zarbasidan so'ng qo'li singan tribunadagi 11 yoshli bolakay Charli Sivervud, o'sha voqea haqida
“To'p to'g'ri men tomonga qarab kelayotgandi. Shuning uchun men chap qo'lim kafti bilan yuzimni to'sib oldim. Kuchli zarb qo'limni sindirganini sezdim. Lekin og'riqni his qilgan holda o'yinning ohirigacha o'tiraverdim. Chunki “Real Madrid”ni ko'rish baxti hayotda bir martagina berilishi mumkin. O'shanda agar men kaftim bilan to'pni to'smaganimda tishsiz qolgan bo'lardim”.
Buyuk basketbolchi Kobi Brayant, “Milan”ga muxlis ekani haqida.
“Men nega “Milan”ga muxlislik qilaman? Bilasizmi, men uning o'yinlarini bolaligimdan ko'rganman. O'shanda jamoada Gullit, Raykard, van Basten va Maldinilar o'ynardi. Milan doimo mening yuragimda. Klub libosi va sharfi Los Anjlesdagi uyimda turadi. Har kuni ularga qarab qo'yaman”.
Frank de Bur, “Barselona”da Neymar va Messi tandemi o'ynab keta olishi borasidagi havotirlari haqida
“O'z vaqtida Messi Eto’O bilan ham, Ibragimovich bilan ham o'ynab keta olmagandi. Ularning har ikkisi ham jahonning eng yaxshi hujumchilari bo'lishgan. Eng yaxshi hujumchilarga ega bo'lish har doim ham ish beravermaydi. Messi hamda Neymar – ikki buyuk futbolchilar. Ikki buyuk bombardir. Biroq buyuklarning birga bo'lishi muvoffaqiyat garovi bo'la olmaydi har boim ham”.
Tiago Alkantara, “Barselona”dagi o'z qadri haqida
“Men klubda o'z qadrim bor ekanini his qilgim kelgandi. Butun yoz davomida menga “Barselona”dan yangi shartnoma taklif qilishlarini sabr bilan kutdim. Biroq... Men ketishni istab qolganimni bilishganidan so'ng ham hech kim yonimga kelib, qolishimni so'ramadi bir og'iz ham”.
“Real” prezidenti Florentino Peres, Ronalduning kelajagi haqida
"Ronaldu - jahonning eng kuchli futbolchisi. Hammani ishontirib aytishim mumkinki, u faoliyatini "Real"da tugatadi”.
Abror Qodirov tayyorladi