

“PSV bosh murabbiyi bilan muzokaralar yoqimli o'tdi. Shundan so'ng Niderlandiyaga kelish haqida jiddiy o'yladim. Yoz davomida menda takliflar ko'p bo'ldi. Ammo men his-tuyg'ularga beriluvchan insonman va o'zim qaror qabul qilaman. Butunlay yangi chaqiruvga tayyorligimni his qildim. Bu o'tish men uchun eng to'g'risi ekanligiga ishonaman”, - deydi Mario Gyotce.



