Gyotce APLda to'p tepadimi?

Sherzod Nurmatov
15 mar 2022, 21:33
PSV xavbeki Mario Gyotce faoliyatini Angliya Premer-ligasi klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, germaniyalik futbolchi Niderlandiyada Rojer Shmidt qo'l ostida o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgach, futbolchilik faoliyatidagi navbatdagi qadamni qo'yish niyatida.

Qayd etilishicha, Gyotcega APL klubidan kelgan taklif manzur kelmoqda va u Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni xohlayapti – bu uning orzusi.

29 yoshli futbolchining PSV bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com