Grizmanning tanishtiruv marosimi qachon o'tkazilishi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
13 iyul 2019, 01:55
Barselona jamoaning yangi a'zosi Antuan Grizmann sharafiga tashkil etiladigan tanishtiruv marosimini hafta oxirida, yani, 14 iyul yakshanba kuni o'tkazadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan 22:30da Kamp Nou o'yingohida boshlanishi rejalashtirilgan. Marosimdan so'ng, futbolchi va OAV o'rtasida press-konferenciya bo'lib o'tadi.  

Ma'lumotlar ko'ra, Grizmann bugunning o'zida Kataloniyaga tashrif buyurib, yangi jamoa libosida ilk fotosessiyada qatnashadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FCB