

"Yangi mavsumda uchta frontda kurash olib borishimiz kerak. Shu bois teng kuchli ikkita tarkibni shakllantirishni maqsad qilganmiz. Olimpiya terma jamoasi safida 8 nafar futbolchimiz tayyorgarlik ko'rmoqda. Shu bois yoshlarda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat mavjud. Dubay yig'iniga 10 yanvar kuni yo'l olamiz. U yerda bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. 22 yanvarda Toshkentga qaytamiz. 3 kunlik xordiqdan so'ng yana poytaxtimizda yig'ilamiz. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi ham BAAda o'tadi. Shundan so'ng O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan yangi mavsumni boshlaymiz", - deydi Grigoriy Seytlin.
10 yanvar kuni "sherlar" BAAning Sharja amirligiga xorij yig'ini o'tkazish uchun jo'nab ketadi va ikki hafta mobaynida o'sha yerda shug'ullanadi.



