Garnacho 40 mln funt evaziga yangi klubiga o'tdi

Alisher Ostonov
30 avg 2025, 22:37
Alexandro Garnacho "Chelsi" futbolchisiga aylandi.

London klubi "Manchester Yunayted" vingeri transferini e'lon qildi. Tomonlar 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Avvalroq bitim qiymati 40 million funtni tashkil etishi xabar qilingandi. Shuningdek, MYU argentinalik futbolchining qayta sotilishidan 10% oladi.

Argentinalik futbolchi o'tgan mavsum APLda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com