

"Vaziyatni biroz ochiqlashtiraman, yarim himoya - "Yunayted"ning jiddiy muammosi.
Hatto Skott Maktominey bilan ham ko'plab muammolar bor. Ular o'z zonalarini doimo yaxshi himoya qila olmaydi. Pogba esa jarohatlangan. Bu ular uchun muammo. Xavbeklarga yaxshi sifatlar yetishmaydi.
Jamoaga bir hujumchi, ikki yarim himoyachi va bir chap qanot himoyachisi kerak. MYU 5-6 transferni amalga oshirmasa bo'lmaydi. Ular bu ishni yanvarda qilmasligi aniq va shu boisdan yozgacha jamoaning asosiy muammosi yarim himoya bo'ladi", - dedi Nevill.



