Futzal. O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'yinda Qozog'istonga imkoniyatni boy berdi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2016, 19:18
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qozog'iston milliy terma jamoasiga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Olma-Ota shahrining Baganashil tumanida joylashgan "Zenit" sport kompleksida o'tkazilgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamiz tarkibida kiritilgan yagona golga Artur Yunusov mualliflik qildi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Qozog'iston - O'zbekiston 3:1
Gollar
:  - A.Yunusov

O'zbekiston: Birinchi beshtalik: Rustam Umarov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov.
Zahira: Akmal Xazratqulov, Klim Tyugaev, Nodir Eliboev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov, Dilshod Rahmatov, Andrey Shlema, Davron Choriev, Jamoliddin Sharipov.

Bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv ertaga o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz