Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bugun Hindiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2019, 10:49
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borayotganidan xabaringiz bor.

Poytaxtimizdagi yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini ham o'tkaziladi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv bugun, 30 avgust kuni bo'lib o'tadi. Ikkinchi o'yin esa 2 sentyabr kuni o'tkaziladi.

Har ikki uchrashuv ham “Yakkasaroy” stadionida soat 17:00da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz