Frenki de Yong: “O'ylashimcha, Ramos javob o'yinini o'tkazib yuborganidan afsuslanmoqda"

6 mar 2019, 21:01
“Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong YCHL 1/8 finalida “Real” ustidan (1:4) qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

-Ajoyib hislar og'ushidaman. Biz judayam xursandmiz, chunki chorak finalda to'p tepamiz.

-Bu sizning ilk klassikongiz. Shundaymi?

-Ha (kulib). Aslida bu ikkinchichi. Birinchisini biz Amstyerdamda o'ynagandik. Biz “Bernabeu”da g'alaba qozondik va judayam baxtlimiz.

-“Barselona”dagilar sizga “Real”ni turnirdan chiqarib yuborishda omad tilashgani rostmi?

-Ha, ular bilan gaplashganimda bu borada hazil aralash shunday gap so'zlar bo'ldi. Ammo klub direktori “Real”ni biz musobaqadan chiqarib yuborsak, ajoyib voqea bo'lishini aytgandi.

-Ramos birinchi uchrashuvda ataylab sariq kartochka oldimi, nima deb o'ylaysiz?

-Men u bu ishni ataylab qilganmi yo'qmi, bilmayman. Ochig'i, bu vaziyatni tahlil qilishning menga qizig'i yo'q. O'ylashimcha, u o'sha vaziyat uchun hozir afsuslanayapti”, dedi de Yong.

O'xshash yangiliklar


Manba: Esporte Interativo