Frankfurtning "Ayntraxt" klubi 2014 yilgi Jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi

3 iyul 2019, 20:45
"Ayntraxt" klubi sobiq "Borussiya D" himoyachisi Erik Durmning transferini e'lon qildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 27 yoshli germaniyalik futbolchi frankfurtliklar bilan 2023 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsum Durm "Xaddersfild Taun" safida 30 uchrashuvda harakat qildi va klubi bilan APLdan Chempioshipga ravona bo'ldi.

Shuningdek, Durm 2014 yili Braziliya mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi bilan bosh sovringa ega chiqqan.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia