Forlanning xayrlashuv uchrashuvida Suares darvozabon bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019
Urugvay termasining sobiq futbolchisi Diego Forlanning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvning bir qismida "Barselona" hujumchisi Luis Suares ham qatnashdi. U darvozabon bo'ldi va bir bora gol o'tkazib yubordi.

Qayd etish kerak, uchrashuvda Xuan Roman Rikelme, Xuan Sebastyan Veron, Xaver Dzanetti kabi sobiq futbolchilar ham qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal