Font Xoland yoki Mbappening yozdagi xaridini istisno etdi: "Teskarisini aytish - "Barsa" muxlislarini aldash"
Alisher
6 mar 2021, 10:14
"Barselona" prezidentligi uchun da'vogar Viktor Font "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xoland yoki PSJ hujumchisi Kilian Mbappening ehtimoliy xaridi haqida gapirdi.
- Yozda Xoland yoki Mbappe singari o'yinchilar bilan shartnoma imzolash haqiqatga yaqinmi?
- Bu yozda - imkonsiz. Teskarisi aytish esa "Barsa" muxlislarini aldashdir", - deydi Font.