Filippe Koutino rasman "Vasko da Gama" futbolchisiga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
4 iyul 2025, 21:15
Braziliyalik hujumkor yarimhimoyachi Filippe Koutino endi "Vasko da Gama" klubi a'zosi hisoblanadi.

Bu haqda futbolchining sobiq jamoasi - Angliyaning "Aston Villa" klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

2024 yil iyul oyidan buyon Koutino "Vasko" safida ijara asosida to'p tepayotgan edi. U shu vaqt mobaynida jamoa uchun 26 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt sayti ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor bahosi hozirda 4,5 million evroga teng.

Ayni paytda "Vasko da Gama" Braziliya chempionati jadvalining 13-pog'onasida bormoqda. Jamoa 12 turda 13 ochko jamg'argan.

Futbolchi tarbiyalangan klubiga qaytdi - bu transfer Koutinoning faoliyatidagi yangi sahifa bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Чемпионат