Filipe Luis: "Saulning golidan so'ng, ustunlikni saqlab qolish kerakligini tushundik"

Aslanov Jasurbek
28 apr 2016, 10:31
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Juda xursandmiz, ammo hozircha hech narsa hal bo'lmadi. Jamoalarning imkoniyatlari 50ga 50, chunki "Bavariya" uyida juda kuchli. Finalga yetib borish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz shart. Bu bizning orzu.

Gol urganimizda, hisobdagi ustunlikni saqlab qolish kerakligini tushundik. "Atletiko" chekindi, ularda imkoniyat paydo bo'ldi, ammo biz o'zimizni himoyada qulay his qilamiz.

Saul ajoyib formada. U yaxshi yigit, yosh, ammo bugun qo'rquvsiz o'ynadi va "Bavariya"ning har bir futbolchisiga qarshi chiqa oldi. Haqiqatdan ham gol chiroyli chiqdi, Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi eng chiroylilaridan biri" - deydi Luis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport