FIFA JCH-2026 uchun Osiyoga 8+1ta o'rin bermoqchi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2017, 21:32
FIFA kengashi 48ta jamoa ishtirok etuvchi mundiallarda har bir qitadan qanchadan jamoa qatnashishi borasida qaror chiqardi.

FIFA Yevropaga 16ta, Afrikaga 9, Osiyoga 8, KONKAKAF va Janubiy Amerikaga 6tadan, Okeaniyaga 1ta yo'llanma bermoqchi. Mundial mezboni avtomatik ravishda yo'llanmaga ega bo'ladi. Ushbu mamlakat qaysi qitadan bo'lsa o'sha qitaning yo'llanmasi mezbon hisobiga kamayadi.

Qolgan ikki yo'llanma olti konfederatsiyaning bittadan jamoasi ishtirokida pley-off orqali o'ynaladi.

Agar mundial ikki mamlakatda bo'lib o'tsa FIFA bu borada alohida qaror chiqaradi.

Yakuniy qaror 9 may kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida bo'lib o'tadigan FIFA kengashi yig'ilishida rasman e'lon qilinadi. 2026 yildan boshlab Jahon chempionatida ilk bor 48ta terma jamoa ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com