“Feyenoord” yarim himoyachisi uchun mavsum yakunlandi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 00:55
Gollandiyaning “Feyenoord” klubi yarim himoyachisi Marko Veyinovich tizzasidan jiddiy jarohat oldi va mavsum yakunigacha safdan chiqdi.

Marko Veyinovich joriy mavsum ijara asosida Gollandiyaning boshqa bir jamoasi “AZ Alkamaar” safida to'p tepayotgandi. 27 yoshli futbolchi uchun mavsum yakunlandi.

E'tiborlisi shundaki, Veyinovich aynan “Feyenoord”ga qarshi kechgan o'yinda jarohat orttirib oldi. Futbolchi Erediviziyaning 7 ta o'yinida 4 ta golga assistentlik qilgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif