Fati yana operaciya qilinishi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
25 mar 2021, 14:47
"Barselona" yarim himoyachisi Anssumane Fatining tiklanishi rejalashtirilganidek ketmayapti.

18 yoshli o'yinchining jarohat olgan joyi tuzalmayapti va uni qayta operaciya qilishlari mumkin.

Fatining tiklanishi bilan bog'liq muammolar sabab u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Operaciya borasidagi qaror testdan so'ng bir necha kun ichida qabul qilinadi. Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca