Farruh Sayfiev: "Masharipovning ketishi deyarli hal bo'ldi. Shota Arveladze esa..."

Aslanov Jasurbek
26 dek 2020, 15:22
Ayni vaqtda Toshkentdagi "Zarafshon" tantanalar zalida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boshlandi.

Marosim boshlanishi oldidan "Paxtakor" futbolchisi Farruh Sayfiev qisqa intervyu berdi.

"Kelayotgan yangi yil bilan barchani tabriklayman. Pandemiya sabab ko'p o'zgarishlar bo'ldi. "Paxtakor" uchun mavsum qiyin o'tdi deb o'ylayman. Ichki chempionatimizda ham deyarli uch oyga yaqin tanaffus yuzaga kelgandi. OCHLda ham ancha yaxshi to'p tepdik, "Persepolis" bilan o'yinda biroz omad yetishmadi. Jaloliddin Masharipovning o'yin boshida qizil kartochka olgani qaysidir manoda ta’sir qildi. Agar chetlatish bo'lmaganida bu jamoa to'sig'idan o'tishimiz mumkin edi. 

Chorak finaldan oldin Shota Arveladze telefon orqali ko'rsatmalarini berdi. Uning yordamchisi Piter Xyuistra o'rnini bilintirmaslikka harakat qildi. Shota Arveladze haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. U o'z ishining ustasi, maydonda ham, maydondan tashqari ham proffessional. 

"Paxtakor" bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Jamoamizdan Jaloliddin Masharipovning ketishi deyarli hal bo'ldi. 2-3 nafar futbolchining shartnomasi yakuniga etgan. O'ylaymanki keyingi mavsumda ham jamoamizning o'zagi saqlanib qolinadi",- deydi Sayfiev. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia