Farhod Sohibjonov: "Nasaf" kuchli raqib va biz bu o'yinda bir ochko bo'lsa ham ishladik"

Alisher
31 mar 2024, 19:20
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Farhod Sohibjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman. "Nasaf" kuchli jamoa, bunday raqib qarshi o'ynash oson bo'lmaydi. Bugungi o'yinda asosiy maqsadimiz g'alaba edi. Oxirigacha kurashdik, durang qayd etildi, bir ochko bo'lsa ham ishladik.


- "Nasaf" kuchli raqib ekanini aytib o'tdingiz. Shunday bo'lsa ham so'ngi daqiqalarda o'yinni yutib ketish uchun "Andijon"da yaxshi vaziyatlar bo'ldi. So'ngi daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etish uchun sizningcha nima yetishmadi?

- Omad yetishmadi. O'sha vaziyatlarimizdan foydalanganimizda balki g'alabaga ham erishardik.

- Durang natijadan jamoa qanchalik qoniqish hosil qildi?

- Kuchli raqibga qarshi o'yinda bir ochko bo'lsa ham ishladik. Durang ikki tomon uchun ham adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman. Chunki ikki jamoa ham juda yaxshi o'yin namoyish etdi.

- Stadiondagi muhit haqidagi fikringiz?

- Barchasi a'lo darajada edi. Avvalgilari ham yaxshi bo'lgan, lekin bu o'yinda hammasidan yaxshiroq muhit hukmron bo'ldi. Barcha muxlislarga va tashkilotchilarga rahmat aytaman.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia