Fabregas: "Xavi boshqaruvidagi "Barselona"ning o'yinini maroq bilan tomosha qilyapman"

Sherzod Nurmatov
27 mar 2022, 22:04
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Monako"da to'p tepayotgan Sesk Fabregas Xavi bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin Kataloniya klubining o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Menga bu "Barselona" yoqmoqda, ularning o'yinini maroq bilan tomosha qilyapman. Avvalroq jamoa o'zining bazi xususiyatlarini yo'qotgandi. "Barselona"da har doim ajoyib o'yinchilar bo'lgan, ammo g'alaba qozonish hissi yo'qolib qolgan edi.

Xavi jamoa ruhini tikladi. Turli tipdagi o'yinchilar bir-biri bilan mukammal birlashtirilgan. Ularni shu ruh birlashtiradi. Xavi tajriba orttirishda davom etishi lozim, biroq u allaqachon jamoani o'z kuchiga ishontirib bo'lgan, hammasi yaxshi ketmoqda”, – dedi Sesk.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca