Fabregas uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

15 avg 2019, 09:28
“Monako” asosiy futbolchisi xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Sesk Fabregas Liga 1 ning birinchi turida “Lion”ga qarshi o'yinda o'ta qo'pol harakati uchun qizil kartochka olgandi. Tartib-intizom qo'mitasi uning harakatlarini o'rganib chiqib, Fabregasni uchta o'yinga chetlatdi.

Endi futbolchi “Monako”ga “Metc”, “Nim” va “Strasburg”ga qarshi o'yinlarda yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Лига 1 матбуот хизмати