Fabregas: "Morata futbol o'ynashni yig'ishtirib, boshqa sport bilan shug'ullansin"

Оқил Абдубарноев
15 fev 2026, 18:55
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas o'z jamoasi futbolchilaridan biri qizil kartochka olganidan so'ng, u "boshqa sport turi bilan shug'ullanishi kerak"ligini ta'kidladi.

"Komo" shanba kuni A Seriya doirasida o'z maydonida "Fiorentina"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuv yakunida "Komo" 10 nafar futbolchi bilan qoldi. Asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida Alvaro Morata maydondan chetlatildi.

Yozda "Milan"dan mavsum oxirigacha ijara asosida "Komo"ga o'tgan Morata ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgach, bir daqiqa ichida ikki sariq kartochka bilan jazolandi.

Bu holat Fabregasni qattiq g'azablantirdi. U vatandoshi va "Chelsi"dagi sobiq jamoadoshiga nisbatan xayrixohlik ko'rsatmadi.

"Provokaciya futbolning bir qismi. Agar kimdir bunga chiday olmasa, u boshqa sport turi bilan shug'ullansin", – dedi Fabregas DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: DAZN