Fabio Kannavaro: “Haqiqiy liderni jamoaning o'zi tanlaydi”

7 noya 2026, 09:00
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro futbol jamoalaridagi yetakchilik va haqiqiy liderning xususiyatlari haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassis Sky Sport telekanalining “Sky Calcio Unplugged” dasturida ishtirok etib, o'zini yetakchi sifatida ko'rsatishga urinadigan futbolchilar va tabiiy liderlar o'rtasidagi farqni tushuntirdi.

“Men doim ‘kiyinish xonasi sherlari’ deb ataydigan futbolchilar bor. Ular kiyinish xonasida baqirib, ‘Qani, yigitlar!’ deb jamoani ruhlantirishga urinishadi yoki o'zlarini doimo lider sifatida ko'rsatishga harakat qilishadi.

Lekin haqiqiy lider tabiiy ravishda shakllanadi. Liderni jamoaning o'zi tanlaydi.

Kamgap liderlar ham juda ko'p. Ehtimol, menga aynan shunday futbolchilar ko'proq yoqar. Chunki ular maydonga tushganida ortiqcha gap-so'zsiz o'z vazifasini bajaradi va jamoa ularga ergashadi.

Biroq bu har doim ham oson emas. Vaziyatni tushunish uchun jamoaning ichida bo'lish kerak”, – dedi Kannavaro.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Calcio Unplugged