FA Sautgeytga maosh ko'tarilgan yangi bitim taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2018, 13:34
Angliya futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning JCH-2018dagi ishtirokidan mamnun va bosh murabbiyi Garet Sautgeytga yangi bitim taklif qilmoqchi.

Yangi bitimda mutaxassisning maoshi oshadi. Hozirgi kelishuv bo'yicha Sautgeyt yiliga 2 mln. funt ishlab topadi.

Sautgeytning FA bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha belgilangan. Assotsiatsiya mutaxassis bilan bitimni JCH-2022gacha uzaytirmoqchi.

Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar kelasi hafta, Sautgeyt tatildan qaytganida boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Angliya terma jamoasi JCH-2018da 4-o'rinni egallagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports