Yevropa ligasi. 6-tur doirasidagi bir o'yin qoldirildi

Mirjalol Normatov
8 dek 2020, 22:56
Yevropa ligasining 6-turi doirasidagi "Vilyareal" - "Qorabog'" uchrashuvi qoldirildi.

"Vilyareal" klubining rasmiy sayti xabariga ko'ra, Ozarbayjon jamoasi futbolchilarining katta qismi koronavirusga chalingan va protokolda ko'rsatilgan darajada futbolchilarga ega emas. UEFA yaqin vaqtlar ichida ushbu o'yinning taqdirini hal qiladi.

Qayd etish kerak, "Vilyareal" "I" guruhida 13 ochko to'plab, muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini hal qilgan bo'lsa, 1 ochkosi bor "Qorabog'" musobaqani tark etib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal