Yevropa Ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlandi: "Roma" "Atletik" bilan, MYU "Real Sosedad" bilan ro'baro' keladi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 17:35
Shveytsariyaning Non shahrida UEFA Yevropa Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Turnir asosiy bosqichining eng yaxshi 8 ta klubi va 1/16 final bosqichining 8 ta g'olibi musobaqaning pley-off bosqichida navbatdagi raqiblarini bilib oldi.

1/8 final juftliklari: 

"Budyo-Glimt" (Norvegiya) – "Olimpiakos" (Gretsiya)

"Fenerbaxche" (Turkiya) – "Reynjers" (Shotlandiya)

"Ayaks" (Niderlandiya) – "Ayntraxt" Frankfurt (Germaniya)

FKSB (Ruminiya) – "Lion" (Fransiya)

AZ Alkmaar (Niderlandiya) – "Tottenxem" (Angliya)

"Real Sosedad" (Ispaniya) – "Manchester Yunayted" (Angliya)

"Viktoriya" Plzen (Chexiya) – "Lacio" (Italiya)

"Roma" (Italiya) – "Atletik" Bilbao (Ispaniya)

1/8 final o'yinlari 6 va 13 mart kunlari, chorak final o'yinlari 10 va 17 aprel kunlari, yarim final o'yinlari 1 va 8 may kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Final 21 may kuni Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San-Mames” stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia